18 Iyul 2023 yil
425
Bank xodimi mijozlarni chuv tushirdi
2023-yil 16-iyul kuni Norin tuman IIB huzuridagi TBda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra Norin tumanida yashovchi, AT “Xalq banki” Norin tumani filialida ishlovchi, 1985-yilda tug‘ilgan shaxs fuqarolarning jami 60.403.218 so‘m pullarini ularning xabardorligisiz, “HUMO” plastik kartalariga bankning dasturiy taʼminotidagi login parolidan foydalanib, o‘zining telefon raqamiga SMS xizmatini ulab olib, mobil ilovalar orqali axborot tizimiga ruxsatsiz kirgan holda talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati