21 Iyun 2025 yil
398
Bank plastik kartasidan pullarni o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 2-iyun kuni Uychi tumani IIB va viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 8-fevral kuni, Uychi tumani, “Qumtepa” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Dning bank plastik kartasida bo‘lgan 5.200.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan shaxs, Andijon viloyati, Marxamat tumanida yashovchi, fuqaro M.J ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati