14 May 2025 yil
479
Bank plastik kartasidan pullarni o‘zlashtirgan shaxsning qilmishlari fosh etildi
Joriy yilning 7 may kuni viloyat IIB Kiber xavfsizlik bo‘limi va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 10 fevral kuni, Yangi Namangan tumani, “Oromgoh” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, fuqaro D.Mning plastik kartasida bo‘lgan 92.992.000 so‘m pulini yechib olgan shaxs, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, “M.Ulug‘bek” mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.M ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati