7 Iyun 2025 yil 166

Bank plastik kartasidan pullarni o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 22-may kuni Kosonsoy tumani IIB va viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 27-aprel kuni, Kosonsoy tumani, “Olmazor” mahallasida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan, fuqaro I.Aning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan plastik kartasidan 12.070.000 so‘m pullarini o‘tkazib olgan shaxs, Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.A ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech