21 Iyul 2025 yil 614

Bank plastik kartasidagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 8-iyul kuni viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 8-iyun kuni, Namangan shahar, “Barkamol avlod” mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan, fuqaro T.Aning bank plastik kartasidan 12.800.000 so‘m pulini yechib olgan shaxs, Uychi tumani, “Mirzavot” mahallasida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.M ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech