25 Oktyabr 2022 yil 739

Bayram munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi.

25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar holidan xabar olish anʼanaga aylangan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi nomidan To‘raqo‘rg‘on yashovchi faoliyatining asosiy qismini Ichki ishlar boshqarmasining Xo‘jalik bo‘limida rahbarlik lavozimlarida o‘tagan Komiljon Xoshimovning xonadoniga tashrif buyurib holidan xabar olindi. O‘z o‘rnida Komiljon aka xizmat yillari va safdoshlarini eslab tashrif va eʼtibor uchun yoshlarga minnatdorchilik bildirdi.

Keyingi tashrif viloyat ichki ishlar boshqarmasining Moliya bo‘limida rahbarlik qilgan, xodimlarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish yo‘lida xizmat qilgan Odiljon akaning xonadoniga bo‘ldi. Odiljon aka ham yosh xodimlarga o‘zining ibratli xizmat yillari haqida hikoya qilib, vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish yo‘lida aslo charchamaslik, bu sharafli yo‘lda albatta halollik va fidoyilik bilan faoliyat olib borish borasida fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu kabi tadbirlar sohaviy va hududiy Ichki ishlar bo‘limlarida davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech