Ayollarning muammoli murojaatlari hal etildi
Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i 3-sektor rahbari F.A.Faniev tashabbusi bilan Namangan shahar 3-sektor xududida yashovchi "Ayollar daftari"ga huquqiy himoyaga muxtoj va psixologik ko‘makka muxtoj deb e'tirof etilgan ayollar ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Namangan shahar jinoiy va ma'muriy hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud raislari, Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari, mutaxasis psixologlar va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida ro‘yxatga olingan ayollarni muammolarini yechimini topish tazyiq ostiga tushib qolgan ayollarimizga himoya orderi berish, probatsiya hisobida turgan ayollarimizni 3 nafariga jazoni muddatidan avval tugatish masalalarida sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi. Sayyor qabulda jinoiy ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan 3 nafar xotin qizlarni jazodan ozod etildi. Huquqiy himoyaga muxtoj ayollarimizga tegishliligi bo‘yicha mas'ul huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan huquqiy tushunchalar berib ularning muammolarini yechimini topib ijobiy hal etildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati