14 Dekabr 2020 yil
465
Ayolga rashk tufayli og‘ir jarohat yetkazildi.
Joriy 13 dekabr' kuni soat 21:00 larda Toshkent viloyatida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sha'riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyida u bilan “Sen boshqa yigitlar bilan gaplashyapsan, menga xiyonat qilding”-deb, o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan.
Natijada, ayol og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 dekabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati