18 Aprel 2022 yil 804

"Axsikent" ochiq osmon ostidagi muzey majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 25 mart kunidagi 79-sonli farmoyishi talablaridan kelib chiqib, harbiy xizmatchilarning ma'naviy saviyasini, intellektual salohiyatini yuksaltirish, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an'analarimizga asoslangan dunyo qarashini shakllantirish, ularning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg'usini chuqur singdirish maqsadida 7254 sonli harbiy qismda ham ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Harbiy xizmatchilar bilan "Maʼnaviyat oyligi doirasida" Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzey majmuasi”ga ekskursiya tashkil etildi.

ekskursiya mobaynida harbiy xizmatchilar "Axsikent" arxeologik yodgorligining o‘rganilgan obyektlari, yodgorlik topilmalari, o‘ziga xos tarixi to‘g‘risida bir qator maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech