18 Mart 2022 yil 625

Avtoxalokat sababli piyodalardan biri vafot etdi.

2022 yil 16 mart kuni soat 01:50 larda, Uchqo‘rg‘on-Qo‘g‘ay yo‘lining 6 km.da, Tegirmon MFY Andijon ko‘chasida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Matiz rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.N. Neksiya-2 rusumli avtomashinasini gaz yoqilg‘isi tugab qolganligi sababli orqasidan surib ketayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan O.V.larni urib yuborgan.

Natijada, 1995 yilda tug‘ilgan B.N. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan hamda O.V. bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 16 mart kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech