26 Iyul 2021 yil 552

Avtomobillar to‘qnashuvi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi.

2021 yil 25 iyul' kuni soat 06:30 larda, Kosonsoy-Iskovat yo‘lining 4 km.da, Kosonsoy tumani Jar MFY hududida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi o‘ng tomon qovurg‘a suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Kosonsoy tumanida yashagan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech