11 Noyabr 2020 yil 474

Avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Joriy yil 10 noyabr' kuni soat 04:30 larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 269 km.da Isuzi rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan DAF rusumli transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan.

Natijada, Isuzi rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech