24 Mart 2022 yil 438

Avtomashina ichidagi buyumlarni o‘g‘irlab, xujjatlarni nobud qilgan ikki yigit qo‘lga olindi.

Namangan shahar Yangi Namangan tumani Yoshlik MFY Adrobod ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro va qo‘shnisi bilan birga shu yil 3 mart kuniga o‘tar kechasi avtomashinadagi buyumlarni o‘g‘irlab ketishgan. VAZ-2106 rusumli avtomashina salonida bo‘lgan narxi 200.000 so‘mlik “Pioner” nomli avtomagnitolasini, narxi 100.000 so‘mlik 2 dona ovoz kuchaytirgichini, narxi

200.000 so‘mlik akkumulyatorini va 1.050.000 so‘m pullari o‘g‘irlashgan. Bundan tashqari fuqarolik pasporti, texnik qayd etish va haydovchilik guvohnomasini, ishonchnoma hujjatlarini olib ketib, nobud qilgan.

Mazkur hodisani sodir etgan shaxslar aniqlanib jinoyat ishi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech