8 Aprel 2021 yil 409

Avtomashinasiga me'yordan ortiq yuk yuklagan haydovchi inspektorga pora taklif qildi.

Joriy yil 20 mart kuni viloyat IIB YHXB 1-safarbar guruhi katta inspektori serjant I.B. boshqarma boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 00:30da, Pop tumani Qo‘shminor MFYda A-373 yo‘lining 273-km.da, Vodiy-Toshkent yo‘nalishida avtomatlashtirilgan rejimda ishlovchi foto va video tasvirga olish imkoniyatiga ega texnik vositalar bilan jihozlangan “tarozi nazorat punkti”da xizmat olib borayotgan vaqtida, DAF rusumli rusumli yuk mashinasini tarozidan o‘tkazgan vaqtida, avtomashina belgilangan me'yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanib kelayotganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganligi, biroq avtomashina haydovchisi bayonnomani rasmiylashtirmaslik evaziga 300.000 so‘m pul berishini aytib, unga pora taklif qilganligi, katta inspektor esa fuqaroga bu harakati noqonuniy ekanligini qayta-qayta takidlashiga qaramasdan, ushbu pulni pora sifatida olishni so‘raganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Serjant I.B.ning bildirgisiga asosan, shu kuni soat 06:00 larda, IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari, viloyat IIB KIJQKB xodimlari va tuman prokuraturasi xodimlari bilan tezkor-tadbir belgilanib, o‘tkazilgan tadbir davomida, haydovchi inspektorga 300.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha IJQKD Pop tuman bo‘limi tomonidan 2021 yil 6 aprel' kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech