30 Mart 2021 yil 359

Avtomashinaning tom qismida qoldirilgan telefon o‘g‘irlandi.

Joriy yil 20 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 14 fevral' kuni soat 11:00 larda, yashash xonadonini oldida VAZ-2101 rusumli avtomashinasini ta'mirlayotgan vaqtida, noma'lum shaxs avtomashinani tom qismiga qo‘ygan narxi 3.700.000 so‘mlik “Samsung-A11” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech