16 Sentyabr 2020 yil 444

Avtomashinani tunagan shaxs aniqlandi.

Joriy yil 15 sentyabr' kuni Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida shu yil 12 sentyabr' kuniga o‘tar kechasi Namangan shahrida yashovchi fuqaroning “Neksiya-3” rusumli avtomashinasida bo‘lgan 200 AQSh dollari va 570.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan shaxsning kimligi aniqlandi va ashyoviy dalillar biln qo‘lga olindi.

Shu o‘rinda fuqarolarga murojaat qilmoqchimiz, o‘zingiz va mol-mulkingiz xavfsizligiga befarq bo‘lmang! Avtomashinangizni hech qachon qarovsiz va ochiq holda qoldirmang. Uni qulflaganingizga ishonch hosil qilsangizgina transport vositasidan uzoqlashing. Sizning bu harakatingiz kimnidir jinoyat qilishdan, o‘zingizga esa zarar yetishidan asraydi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech