29 Mart 2021 yil
386
Avtomashinani pulini bermay kelayotgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yil 14 mart kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2015 yil yoz oylarida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, VAZ-2106 rusumli avtomashinasini 7.500.000 so‘mga sotib olishga kelishib, kelishilgan pullarni hozirgi kunga qadar bermay, boshqa shaxsga qarzi evaziga berib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati