13 Noyabr 2021 yil 361

Avtomashinani jarima maydonidan chiqarish evaziga 100 AQSh dollari...

Shu yil 8 noyabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, Namangan viloyati IIB YHXB bo‘linmalari saf bo‘linmalari yo‘l patrul' xizmati batal'oni 1-safarbar guruhi yo‘l-patrul' xizmati katta inspektori, O‘z.R IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu yil 8 noyabr' kuni soat 14:20 larda “M” ismli shaxs qo‘ng‘iroq qilib, uni tanishligini va o‘rtog‘i, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroning Kobal't rusumli avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib yuborish evaziga 100 AQSh dollari berishini aytib, pora taklif qilayotganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur bildirgiga asosan, shu kuni soat 19:50 larda, O‘z.R IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarma hodimlari va IJQKD Mingbuloq tuman bo‘limi hodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan viloyati IIB YHXB bo‘linmalari saf bo‘linmalari yo‘l patrul' xizmati batal'oni 1-safarbar guruhi yo‘l-patrul' xizmati katta inspektoriga Mingbuloq tumani Qo‘riqobod MFYdagi jarima maydonchasida 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘z.R IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech