28 Noyabr 2020 yil 439

Avtomashinangizni ochiq holda qoldirmang!

Shu yil 14 noyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, 13 noyabr' kuni yashash uyi oldida Damas rusumli avtomashinasini qarovsiz holda qoldirganligi va orqa eshigi ochiqligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina salonida bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik “Samsung-A5” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib,  chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB PPXvaJTSB PPXB 2-otryad safdor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 25 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech