Avtomashinalar to‘qnashuvi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi.
2021 yil 14 avgust kuni soat 06:00 larda, Chortoq-Namangan yo‘lining 3 km.da, Chortoq tumani Bog‘ MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2101 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni o‘ng tomonida to‘xtab turgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi GAZ-31 rusumli avtomashinasi tirkamasiga borib urilgan.
Natijada, VAZ-2101 rusumli avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi, Chortoq tumanida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati