Avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi jarohat oldi
2021 yil 31 iyun' kuni soat 16:00 larda, Namangan shahar Dashtbog‘ MFY A.Temur ko‘chasida, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro MChJga tegishli ZIL-130 rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Lasetti rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Uychi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro chap qo‘l bilak suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati