5 Avgust 2021 yil 578

Avtomashinalar to‘qnashuvi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

2021 yil 4 avgust kuni soat 07:00 larda, 4R-112 Farg‘ona xalqa yo‘lining 25 km.da, Pop tumani Uchuyli MFY hududida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib, yo‘lning chap tomoniga burilayotgan, Chust tumanida yashagan, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech