13 Iyul 2023 yil 384

Avtomashinadan pul o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga tushdi

Joriy yilning 3-iyul kuni Namangan shahrida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:00 larda yashash xonadoni oldiga o‘ziga tegishli Damas rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirib ketganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs avtomashinaning eshiklarini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina ashyolar qutisida bo‘lgan 2.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-son IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2005 va 2007-yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech