23 Dekabr 2020 yil 292

Avtomashinadan pirotexnika vositalari topildi.

2020 yil 18 dekabr' kuni Namangan viloyati IIB JQB KIJQKB hamda Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida Namangan shahrida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasida Namangan shahar ko‘chalarida yurgan vaqtida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida uning avtomashinasini saloni ko‘zdan kechirilganda, yukxonasida 9 dona  har birining bahosi 150 ming so‘mdan bo‘lgan “Korolevskiy Solyut”,  272 dona har birining bahosi 35 ming so‘mdan bo‘lgan “Panda” va 36 dona har birining bahosi 75 ming so‘mdan bo‘lgan “Korolevskiy filtr” nomli, umumiy baxosi 13.570.000 so‘mlik pirotexnika vositalarini sotish maqsadida saqlab yurganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Namangan shahar IIO FMBga yuborildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech