Avtomashinadan ham “Gashish” topildi.
Shu yilning 12 fevral' kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat-xarid” tadbiri davomida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro To‘raqo‘rg‘on tumani markazida joylashgan oshxona oldida tadbir ishtirokchisiga 1.000.000 so‘m pul evaziga sellofan paketga o‘ralgan, ikki bo‘lak, to‘q jigarrang-qoramtir rangli, o‘tkir xidli, giyoxvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida fuqaroni boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-3 rusumli avtomashinasi torpedasi ustidan sellofan paketga o‘ralgan, to‘q jigarrang-qoramtir rangli, o‘tkir xidli, giyoxvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, tadbir ishtirokchisiga o‘tkazilgan hamda avtomashinadan olingan moddalarning sof og‘irligi 3,24 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati