5 Avgust 2023 yil 236

Avtomashinadan “Gashish” topildi

2023-yil 21-iyul kuni soat 17:00 larda, Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Uychi tumani Yorkatay mahallasi hududida shubhali xatti-harakatlar sodir etgan 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, salonida joylashgan qutisida ikki dona oq rangli sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKMning xulosasida, ushbu moddalarning sof og‘irligi 1,17 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat buyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech