31 Mart 2021 yil 208

Avtomashina yukxonasidan rangli metall parchalari topildi.

Joriy yil 19 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, DXX viloyat boshqarmasi va tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Uychi tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobal't rusumli avtomashinani O‘nxayat MFY hududida boshqarib ketayotgan vaqtida to‘xtatib tekshirilganida, avtomashina salonidan hamda yukxonasidan umumiy narxi 10.016.892 so‘mlik 677 kg. rangli metal parchalari borligi aniqlanib, ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 1851-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech