31 Iyul 2023 yil 206

Avtomashina uchun yig‘ilgan pullar firibgarning qo‘liga tushdi

2023-yil 15-iyul kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil aprel oyida shu tumanda yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, Trekker rusumli avtomashina olib berishini aytib, 17.000 AQSH dollarini olib, avtomashina olib bermasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, ushbu shaxs 2023-yil aprel oyida 1984-yilda tug‘ilgan ayolning ishonchiga kirib, 11.400 AQSH dollarini olib, “Neksiya-3” rusumli avtomashina olib berishni aytib, shu kunga qadar aldab kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech