14 Oktyabr 2020 yil 489

Avtomashina uchun to‘langan 4000 AQSh dollari qaerga ketdi?

2020 yil 1 oktyabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, mavsumiy ishchi, sudlanmagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil may oyida, Chortoq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 1 oy ichida Spark rusumli avtomashina olib berishini aytib, undan 4.000 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech