Avtomashina salonidan pullarni o‘margan shaxsni barmoq izlari fosh etdi.
2022 yil 30 iyun' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumani Birlashgan mahallasida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Damas rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina oynasini ochib, salonda bo‘lgan 1.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB EKG tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida, 3 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan “Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi” orqali tekshirildi. Ushbu qo‘l barmoq izlarining 2 donasi, bir shaxsga tegishli ekanligi taqdiqlanib, uning o‘ng qo‘l o‘rta va nomsiz barmoqlariga mos kelganligi aniqlandi. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsdan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB AXborot xizmati