Avtomashina salonidan “Gashish” giyohvand moddasi topildi
Shu yil 9 dekabr' kuni o‘tkazilgan tabdir davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, darvozaxonasida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasining salonida selofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 6,06 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati