Avtomashina pastga qulashi oqibatida yo‘lovchi vafot etgan.
2021 yil 1 avgust kuni soat 15:00 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 245 km.da, Pop tumani Qo‘shminor mahallasi hududida, Andijon viloyatida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan ayol boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo‘lning chetidagi pastlikka tushib ketgan.Natijada, haydovchi bosh miya ochiq shikasti va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar, 2010 yilda tug‘ilgan qizi bosh miya chayqalishi hamda Andijon viloyatida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar. Shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi mahalladoshi, 1962 yilda tug‘ilgan ayol voqea joyida vafot etgan.Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati