Avtomashina olib qochgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2022 yil 20 mart kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB 102 tizimi operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni soat 15:45 larda, tegishli hujjatlari bilan boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasini Namangan tumani hududida joylashgan oshxonaga kelib, oshxonadan ovqat olib chiqish uchun kirib ketgan vaqtida shu yerda bo‘lgan tanishi, Namangan tumanida yashovchi, Namangan shahridagi oshxonada oshpaz bo‘lib ishlovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro spirtli ichimlikdan mast holda avtomashina oldiga kelib, avtomashina salonida bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroni pastga tushishini, avtomashinani olib ketishini aytib, uning jinoiy harakatlarini oldini olishga harakat qilgan fuqaroga qo‘lidagi chopqi bilan qo‘rqitib, avtomashinani egallab olib talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, fuqaro Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan Xonobod MFY hududida to‘xtatilib, Spark rusumli avtomashina va salonida bo‘lgan bir dona chopqi bayonnoma asosida olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 20 mart kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroni O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati