14 Iyul 2021 yil 398

Avtomashina oldi-sotdisida firibgarlardan ogoh bo‘ling!

Joriy yil 17 iyun' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 7 avgust kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, Spark rusumli avtomashinasini 5500 AQSh dollariga sotganligini, avtomashinani xujjatlarida muammo borligi uchun 2020 yil 3 dekabr' kuni avtomashinani egasiga qaytarib berganida, pullarini 2021 yil 15 iyun' kuniga qadar qaytarishini aytib, avtomashinani olib ketib, pullarini hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat buyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech