23 Dekabr 2021 yil 406

Avtomashina oldi-sotdisida firibgarlarda ehtiyot bo‘ling!

2021 yil 10 dekabr' kuni, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 7 mart kuni Norin tumanida hududida joylashgan “Norin avto bozori”da, Namangan tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqarodan Damas rusumli avtomashinani 5.100 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinani hujjatlari joyida ekanligini va istalgan vaqtda rasmiylashtirib berishini aytganligi uchun sotib olganligi, hozirgi kunga qadar avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan yoki pullarni qaytarmasdan kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro ushbu avtomashinani 2019 yil dekabr' oyida, Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqarodan 7.000 AQSh dollarga sotib olishga kelishib, 4.000 AQSh dollarini berib, qolganini oyma-oy berishga kelishib, lekin hozirgi kunga qadar qolgan pullarni bermasdan, aldab yurganligi va o‘ziga tegishli bo‘lmagan avtomashinani boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech