19 Aprel 2022 yil
441
Avtomashina oldi-sotdi jarayonida firibgarlarga aldanib qolmang!
2022 yil 1 aprel kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil noyabr oyida, shu tumanda yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani Gulbog‘ MFYda yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan Jentra rusumli avtomashinani o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 12.000 AQSH dollarga sotib, pullarni o‘zining ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 18 aprel kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati