4 Iyun 2021 yil 190

Avtomashina yukxonasidan pullarni o‘g‘irlagan yigit qo‘lga olindi.

Joriy yil 3 iyun' kuni Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor- qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 26 may kuniga o‘tar kechasi, Kosonsoy tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, darvozaxonasida bo‘lgan Neksiya rusumli avtomashinasi yukxonasidagi 6.365.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan shaxs, shu tumanda 2003 yilda tug‘ilgan yigit ekanligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech