Avtomashina gaz ballonini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
Shu yil 5 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil fevral' oyida noma'lum shaxs, o‘zi ishlaydigan Namangan shahrida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi hovlisida ta'mirlash uchun olib kelingan VAZ-2107 rusumli avtomashinasi orqa yuk xonasiga o‘rnatilgan narxi 2.200.000 so‘mlik gaz ballonini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB 3-sonli JQB boshlig‘i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati