Avtomashina egasining xabarisiz garovga qo‘yildi.
Joriy yil 19 yanvar' kuni Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil sentyabr' oyida Namangan shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro uni aldab, ishonchiga kirib, haqiqatda unga tegishli bo‘lgan, Namangan shahrida yashovchi fuqaro Q.P. nomidagi Neksiya-1 rusumli avtomashinani har oyda ijara puli berib turish sharti bilan olib, keyinchalik Q.P.ning oldiga borib, uni ushbu avtomashinani sotib olganligiga ishontirib, kredit ta'minoti sifatida “Vodiy taraqqiyot Kredit mikrokredit tashkiloti” MChJga garovga qo‘ydirishga erishib, bankdan mikroqarz shartnomasiga asosan 16.000.000 so‘m miqdorida kredit mablag‘lari olib, bu haqida arizachiga aytmasdan, pul mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati