22 Aprel 2022 yil
482
Avtomashina bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi.
2022 yil 19 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil sentyabr oyida Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan tanishi VAZ-2103 rusumli avtomashinasini VAZ-2108 rusumli avtomashinasiga almashtirib olishga va avtomashinani hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga 6.500.000 so‘mga sotib yuborganligi, hozirda VAZ-2108 rusumli avtomashinani nomiga rasmiylashtirib bermaganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 21 aprel kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati