5 May 2025 yil
355
Avtomashinasida og‘u sag‘lab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 29 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasi hududida, Namangan shahrining “Axsi” mahalalsida yashovchi, fuqaro Yo.Aning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasida 0.68 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati