1 Sentyabr 2025 yil 173

Avtomashinasida giyohvandlik moddalari olib ketayotgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 29-iyul kuni Pop tumani “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Namangan” muntazam YPX maskanida IIV yo‘l-patrul xizmati va tuman IIB xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, haydovchining yoni hamda avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan 0,23 gramm gashish, avtomashinasining yuk qismidan esa sof og‘irligi 1,36 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech