19 Iyul 2025 yil
811
Avtomashinadan “Marixuana” giyohvandlik moddasi topildi
Joriy yilning 1-iyul kuni, Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan” muntazam YPX maskanida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan haydovchi, Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, fuqaro Sh.Sh boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinaning old o‘ng eshik cho‘ntagida polietilen paketga solingan, sof og‘irligi 2,72 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati