11 Iyun 2025 yil
541
Avtomashinadan giyohvand modda topildi
Joriy yilning 14-may kuni viloyat IIB vxodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani, “Furqat” mahallasi hududida ketayotgan, Yangi Namangan tumani, “Oromgox” mahallasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan, fuqaro I.D boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, yonidan sof og‘irligi 0,49 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati