2 May 2025 yil 539

Avtomashinadan giyohvand modda aniqlandi

Joriy yilning 19 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi 2-son IIB profilaktika inspektorlari tomonidan Namangan shahrining “Barkamol avlod” mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan, fuqaro Yu.I. boshqaruvidagi “Damas” rusumli to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashinaning salon qismida sof og‘irligi 0,40 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi saqalab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech