21 Aprel 2025 yil 71

Avtomashinadan "Gashish" giyohvand moddasi topildi

2025-yilning 17-aprel kuni Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan “Furqat” mahallasi hududida shubhali harakatlar sodir etgan 2002 yilda tug‘ilgan M.X boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, ushbu avtomashinaning orqa qismida sof og‘irligi 0,28 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech