9 Sentyabr 2025 yil 323

Avtomashinadagi pullarni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 14-avgust kuni, Mingbuloq tumani “Tegirmonboshi” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan M.A. murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Damas rusumli avtomashinasini yashash uyi oldiga qo‘yib qarovsiz qoldirganligidan foydalanib, avtomashina salonida bo‘lgan 5.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB EKG xodimlari tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida, qo‘l barmoq izlari olinib, tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlari, Mingbuloq tumani “Paxtakor” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan E.O. barmog‘iga mos kelganligi aniqlanib, Mingbuloq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni O.E. sodir etganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech