31 Oktyabr 2025 yil
129
Avtomashinadagi “Gashish” manziliga yetib bormadi
Joriy yilning 9-oktyabr kuni, Namangan viloyat IIB xodimlari hamda Yangi Namangan tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangi Namangan tumani “Furqat” mahallasi hududida, Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan Y.S. boshqaruvidagi “Sobalt” rusumli avtomashinasini to‘xtatilib tekshirilganida avtomashinada sellofan paketga o‘ralgan, og‘irligi 99,99 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati