25 Sentyabr 2025 yil
101
Avtomashina salonidan tarkibida psixotrop modda mavjud bo'lgan dori vositalari topildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 21-sentyabr kuni Norin tumani "Mustaqillikning 20 yilligi" mahallasida yashovchi fuqaroning o'ziga tegishli bo'lgan avtomashinasi xolislar ishtirokida tekshirilganda, avtomashinaning ichki salonidan 4 dona "Snup", 4 dona "Tropikamid", 1 dona "Rinit", 1 dona "Taufo" hamda 3 dona oq-qizil rangli shubxali dori vositalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati