25 Sentyabr 2025 yil
                            
                                67                            
                    Avtomashina salonidan "Gashish" giyohvandlik moddasi topildi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 20-sentyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumani "Yangiobod" mahallasida yashovchi fuqaroning o'ziga tegishli bo'lgan avtomashinasi xolislar ishtirokida tekshirilganda, avtomashinaning ichki salonidan 10,01 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                    